O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Navoiy viloyat kengashi tashabbusi bilan Qiziltepa tuman hokimligida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dastur ijrosi yuzasidan eshituv tashkil etildi.
Unda hududlarda kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush darajasini oshirish, viloyatda ishsizlikni bartaraf etishga qaratilgan deputatlik nazoratini olib borishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.
Partiyamiz Navoiy viloyat kengashi raisi B.Toshev “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturining uchinchi bosqichida amalga oshirilgan ishlar, aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha qilingan chora-tadbirlar xususida so‘z yuritdi. Shu bilan birga sohaga biriktirilgan mas’ullar dastur doirasida o‘z hududlarida amalga oshirilayotgan ishlar xususida atroflicha ma’lumot berishdi.
Jamoatchilik eshituvi ochiq muloqot va savol-javoblar tarzida o‘tdi. Tadbir yakunida yurtimizda kambag‘allikni qisqartirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning, tashabbuslarning samaradorligini yanada oshirish uchun davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligini kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi.