Toyloq tumanida pedagoglar bilan ochiq muloqot

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi rahbari Ulug‘bek Inoyatov Samarqand viloyati Toyloq tumanida o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh pedagoglar, mas’ul mutasaddilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqotda, avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Bosh Assambleyasining yubiley sessiyasidagi nutqida ilgari surilgan fikrlar, taklif va tashabbuslar ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Qayd etildiki, nutqda mamlakatimizda yashayotgan har bir oilaning, har bir fuqaroning hayotini tubdan o‘zgartirish, inson kapitalini rivojlantirish ustuvor vazifa ekani bayon qilindi.

Uchrashuvda yurtimizdagi islohotlarni xalqaro hamjamiyat, nufuzli tashkilotlar ham tan olib, e’tirof etayotgani barchamizni quvontirishi ta’kidlandi.

Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim qamrovi 27 foizdan 78 foizga oshgani, oliy ta’lim bilan qamrov esa 9 foizdan 42 foizga yetgani O‘zbekistonning bu yo‘nalishda real va muhim natijalarga erishayotganini ko‘rsatadi.

Ta’lim sifatini oshirishda o‘qituvchi va murabbiylarning fidoyiligi, ilg‘or pedagogik bilim va texnologiyalarni qo‘llay olishi dolzarb ahamiyatga ega ekani xususida fikr-mulohazalar aytildi.

Muloqotda pedagoglar nutqda ilgari surilgan pedagoglarning o‘zaro tajriba va bilim almashishi uchun yagona xalqaro platformani yaratish borasida O‘zbekistonda Butunjahon professional ta’lim sammitini o‘tkazish taklifini qo‘llab-quvvatlashlarini qayd etishdi.

Tumandagi 14-maktab direktori Zamira Jabborova, 26-maktab direktori Yulduz Abdurahmonova, tuman ilk rivojlanish markazi koordinatori Zamira Zohidovalar so‘zga chiqib, ta’lim taraqqiyoti bilan bog‘liq fikr hamda takliflarini bildirdi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish