Xotin-qizlar uchun “Imkon” forumi

 

Xalq demokratik partiyasi ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, mehnat qilish, o‘z ishini yo‘lga qo‘yish istagidagi xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayollar orasida bandlik darajasini ko‘tarish masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda.

Partiyamiz hamkor tashkilotlar bilan birga ayollarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida bir qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Buxoro viloyat kengashi Buxoro shahar kasbiy ko‘nikmalar markazi hamda viloyat oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda ijtimoiy-iqtisodiy faollik intiluvchan ayollarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Imkon” forumini o‘tkazdi.

Forumni o‘tkazishdan maqsad o‘z ishini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan ayollarni rag‘batlantirish, ularning g‘oya va tashabbuslarini hayotga tatbiq etish, xotin-qizlarni zamonaviy kasb-hunarli bo‘lishga targ‘ib qilish, moliyaviy savodxonlikni oshirishdan iboratdir.

Forum doirasida faol xotin-qizlar o‘zlarining g‘oya va tashabbuslari, loyihalarini taqdim etishdi. Har bir ishtirokchining taqdimotida kreativlik, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga intilish aks etdi.

Asosli va ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati yuqori loyihalarni hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirish, hunar o‘rganish, o‘z ishini yo‘lga qo‘yish istagidagi opa-singillarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy savodxonlikni oshirish, mehnat huquqi bo‘yicha xabardorlikni ko‘tarishga xizmat qiladigan tadbirlarni mahallalar kesimida ko‘proq tashkil etish bo‘yicha choralar belgilandi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim
← Roʻyxatga qaytish