Deputatlik guruhimiz sport maktabida o‘rganish olib bordi

 

Xalq deputatlari Qo‘rg‘ontepa tumani Kengashidagi deputatlik guruhimiz a’zolari tuman Bolalar va o‘smirlar sport maktabida o‘rganish olib bordi.

Ma’lum bo‘lishicha, hozirgi kunda maktabda 100 nafardan ortiq yoshlar sportning kurash turi bo‘yicha shug‘ullanib kelmoqda.

O‘rganish jarayonida Kurash zali 70 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgani, ayni paytda esa tamoman eskirib, yaroqsiz holatga kelib qolgani ma’lum bo‘ldi. Zalning yoritish, isitish, xavfsizlik va sanitariya talablariga umuman javob bermasligi aniqlandi.

Deputatlik guruhimiz a’zolari ushbu masala yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan bog‘lanib, sport majmuasining qayta ta’mirlanishi bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga qaror qilishdi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish