Boshlagan har bir ishimizni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish uchun albatta qatiiy belgilangan reja asosida olib borishimiz lozim bo‘ladi.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi o‘zining Saylovoldi dasturida belgilangan ustuvor dasturiy maqsadlarni joriy 2025 yildagi ijrosi uchun ham aniq rejalar ishlab chiqqan. Ayni reja asosida shu yilning birinchi yarmida partiya markaziy va hududiy tashkilotlarida olib borilgan ishlar samaradorligi sarhisob qilinmoqda.
Jumladan, kuni kecha Beruniy tuman Kengashining plenumi ham shu maqsadda tashkil etildi.
Aytilishicha, partiyaning saylovoldi dasturida ilgari surilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, “Deputat mahallada”, “Quvonch va mehr ulashaylik”, “Salomatlik aksiyasi”, “Siyosatdagi yoshlar”, “Safimizdagi yoshlar”, “Yoshlarga ko‘mak”, “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat”, “Deputat va xalq: hisobot va muloqot” kabi loyiha va aksiyalar doirasida 70ga yaqin targ‘ibot tadbirlai o‘tkazilib, ularda 3 mingga yaqin saylovchilar qamrab olingan.
Bundan tashqari, joylardagi muammolarni o‘rganish, ularni hal etish, fuqarolarga huquqiy maslahat berish borasida muayyan ishlar amalga oshirilgan. Xususan, partiyaning tuman kengashi qoshidagi “Jamoatchilik qabulxonasi”ga fuqorolar tomonidan jami 33 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularning 32 tasi, yaʼni 96 foiziga partiya masʼul xodimlari hamda deputatlar tomonidan ijobiy yechim topilgan.
Plenum kun tartibidagi masalalar yuzasidan kengashi aʼzolari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalari va takliflari yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.