Saylovchilar murojaatiga deputat yechim topdi
Xonqa tuman Kengashi deputatlik guruhi rahbari Feruz Vaisov saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida "Muqaddas" mahallasi faollari mahalla hududidan o‘tgan Oqsaroy ko‘chasining ta’mirtalab holatda ekanligini ma’lum qilishdi. Aholi yo‘lda chuqurlar ko‘pligi sababli avtotransport vositalari harakatida qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani aytdi. Murojaatni o‘rgangan deputatimiz mas’ul tashkilotlar bilan bog‘lanib, muammoga zudlik bilan yechim topildi.
Yo‘ldagi chuqurlar ta’mirlanib, avtotransport harakatidagi noqulayliklar bartaraf etildi.