Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashidagi deputatimiz F.Tursunqulov tumanning “Avlod” mahallasidagi fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etgan edi.
Muloqot davomida hududda istiqomat qilayotgan fuqarolar uchun eng og‘riqli masala ichki yo‘llarning ayanchli holatga kelib qolgani ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Mahalla aholisi deputatdan yo‘llarni ta’mirlashda yordam so‘radi. Murojaatni atroflicha o‘rganib chiqqan deputatimiz tuman hokimi o‘rinbosariga tegishli deputatlik so‘rovi yubordi.
So‘rovga berilgan javob xatida “Avlod” mahallasining asosiy “Yakrcha” ko‘chasi ta’mirlab berilishi bayon etilgan edi.
Natijada ishlar jadallik bilan boshlab yuborildi. Ko‘chaning asosiy qismi asfaltlashtirildi. Bunda mahalla aholisi ham, xalq vakillari ham faol ishtirok etdi.