Deputatlar bog‘chalarda o‘rganish olib bordi

 

Qumqo‘rg‘on tuman kengashi tomonidan tumanning “Xo‘jamulki” mahallasidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

O‘rganishda ma’lum bo‘lishicha, ushbu maktabgacha ta’lim tashkiloti 120 nafar bolaga mo‘ljallangan. Tarbiyalanuvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, ularning kundalik ovqatlanish ratsioni, ta’lim-tarbiya jarayonlarining qanday tashkil etilgani atroflicha o‘rganildi.

Shu bilan birga, mavjud muammolar aniqlanib mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda joyida hal etildi. Ba’zi yechimi vaqt talab qiladigan muammolar deputatlar nazoratiga olindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish