Saylovchilar bilan yuzma-yuz: muammolar tinglandi, yechimlar topildi
Toshkent shahar Kengashidagi deputatimiz M.Ilhomov boshchiligida Uchtepa tuman Kengashi deputatlari tumandagi mahallalarda bo’lib, saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etishdi.
Muloqot davomida aholi vakillari hududdagi ayrim masalalarni hal qilib berishni so’rab deputatlarga murojaat qilishdi.
Murojaatlarni tinglagan deputatlarimiz ularga ijobiy yechim topish uchun mas’ul idoralar bilan bog’lanishdi.
Natijada muammolarning 3 tasi joyida hal qilindi. Jumladan, Sakkokiy ko’chasida joylashgan 14-maktab oldiga o’quvchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida yangi svetafor o’rnatildi.
Ba’zi hal etilishi vaqt talab qiladigan masalalar ustidan deputatlik nazorati o’rnatildi.