Onalar va bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

 

Xalq demokratik partiyasi tashabbusi bilan butun respublika hududida aholi uchun chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etilmoqda. Navoiy viloyati G‘ozg‘on shahar Kengashi tashabbusi bilan shahar ko‘p tarmoqli tibbiyot poliklinikasida ham shunday tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rikda 20 dan ortiq onalar va bolalar qatnashdi. Ularning tibbiy ahvoli malakali mutaxassislar tomonidan tekshirildi. Sog‘ligida muammo aniqlangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, shifoxonaning ijtimoiy himoyaga muhtoj bemorlarga xizmat ko‘rsatish darajasi ham o‘rganildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish