O‘zXDP Toshkent shahar kengashi Tashkiliy ishlar va kadrlar bo‘limi boshlig‘i, Yoshlar parlamenti a’zosi Ahmadov Alisher tashabbusi bilan Olmazor tumani “Ahil” MFYda yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida amaliy tadbir tashkil etildi.
Uchrashuv davomida mahalla yetakchilari va yoshlar bilan muloqot o‘tkazilib, bir qator masalalarga yechim topildi. Jumladan, 2 nafar yoshga imtiyozli kredit ajratildi, 1 nafar yosh ish bilan ta’minlandi, 315-maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim va mehnat bozoriga yo‘naltirishda amaliy yordam ko‘rsatildi, 4 nafar yoshning ta’lim krediti olishiga yordamlashildi.
Shu bilan birga, mahallada maktabgacha ta’lim muassasasi yo‘qligi, sport maydonchasi va salomatlik yo‘lagining mavjud emasligi kabi muammolar aniqlandi.
Bunday tadbirlar partiyaning yoshlarni qo‘llab-quvvatlashiga, ularning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishiga, ularni ta’lim va bandlik masalalarida har doim qo‘llab-quvvatlashiga yaqqol misoldir.