Qorako‘lda «Salomatlik aksiyasi» o‘tkazildi
O‘zXDP Qorako‘l tuman kengashi hamda tuman Ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi hamkorligida tumanning «Tinchlik» mahallasida xotin-qizlar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tadbir doirasida mahalladagi 154 nafar xotin-qizlar shifokorlar ko‘rigidan o‘tkazildi. Ularning salomatligi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar shakllantirildi. Sog‘ligida muammo aniqlangan 10 nafar xotin-qizga Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasida davolanish uchun yo‘llanma berildi.
O‘zXDP tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan bunday aksiyalar jamiyatimizdagi ayollarning salomatligini doimiy profilaktik nazoratga olishni, ularning ijtimoiy himoyasini mustahkamlashga xizmat qiladi.