Muammolarga hamkorlikda yechim topildi
Muammolarga hamkorlikda yechim topildi

 

O‘zbekiston XDP Qarshi tuman kengashi tuman «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlikda «Paxtakor» va «Navro‘z» mahallalarida sayyor qabul o‘tkazdi.

Muloqotda qatnashgan ayollardan 13 nafari muammolar bilan murojaat qilishdi. Ulardan 4 nafari ijtimoiy sohada, 2 nafari moddiy yordam masalasida, 3 nafari oilaviy kelishmovchilik hamda 4 nafari davolanish uchun order zarurligi masalasida murojaat etishdi.

Partiya faollari va hududdagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi xodimasi Sh.Negmatova tomonidan murojaatchilarning muammolari hal etilishda amaliy yordam berishdi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish