Biz yoshlarni qo‘llab-quvvatlaymiz
Biz yoshlarni qo‘llab-quvvatlaymiz

 

30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi hamda Yunusobod tumani Kengashi deputati S. Sobirjonov hamkorligida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirda yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, yangi loyiha va tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot berilib, ulardan samarali foydalanish borasida tushuntirishlar olib borildi.

Shuningdek, yigit-qizlarning ilm o‘rganishi, hunar egallashi, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda faol bo‘lishi mamlakat taraqqiyotida muhim omil vazifasini bajarishi aytib o‘tildi.

Muloqotda deputatlarimiz yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga aniq, lo‘nda javob berib, Xalq demokratik partiyasi har doim yoshlarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish