Deputat ko‘magi bilan muhtoj oilaning uyi tiklandi

 

Shu yilning 4-may oqshomida Buxoro viloyati Vobkent tumani Xajuvon mahallasida istiqomat qiluvchi 2-guruh nogironi M.Obidovning xonadonida elektr simidagi tutashuv sabab yong‘in sodir bo‘lgan. Natijada M.Obidovning uyi yashash uchun yaroqsiz holga kelib qolgan.

Shunday vaziyatda muhtojlardan yordamini ayamaydigan Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashiga O‘zbekiston XDPdan saylangan deputat M.Mustafoyev tashabbus ko‘rsatib mahalla faollari va jamoatchilikni jalb etgan holda M.Obidovga uyini tiklashda beqiyos yordam ko‘rsatishdi. Xonadon egalarining nigohidagi cheksiz quvonch va minnatdorlikni so‘z bilan tariflab bo‘lmaydi.

Aslida deputat shunday bo‘lishi kerak. Ya’ni har bir xalq vakili boshqalarning dard-u tashvishini his qilishi va unga yechim topishi uchun tashabbuskorlik ko‘rsatishi lozim.

Bunday xayrli ishlar aholining birdamligini oshirishga, mehr-oqibat va saxovatpeshalik kabi ezgu xislatlarni keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish