Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar joylardagi muammolarni chuqur o‘rganish va hal etishga qaratilgan bo‘lib, bu jarayonda deputatlarning o‘z saylov okruglarida aholining muammo va takliflariga e’tibor qaratishi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shu maqsadda “Qanliko‘l” mahallasi hududida mahalla yettiligi vakillari bilan deputat uchrashuvi tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari Qanliko‘l tuman Kengashining 16-son “Jiyen Jirav” saylov okrugidan saylangan partiyamiz deputati Q. Pirnazarov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2025-yilning dastlabki besh oyida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, rejalashtirilgan vazifalar haqida ma’lumot berildi.
Tadbirning asosiy maqsadi hududdagi mavjud muammolarni aniqlash, fuqarolar murojaatlarini samarali hal etish, belgilangan masalalarni deputatlik nazoratiga olish hamda mahalla yettiligi bilan hamkorlikda ularni bosqichma-bosqich bartaraf etishdan iborat bo‘ldi.