Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashidagi O‘zbekistion XDP guruhi a’zolari Parizod Ziyo, A.Ismoilov, A.Hasanov va tuman XDP Kengashi raisi ishtirokida “Ahil” MFYda sayyor qabul o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar partiya kengashi axborot xizmati.
Sayyor qabul “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” tamoyiliga asoslanib tashkil etildi. Tadbir partiyaning asosiy g‘oyalari – ijtimoiy adolat, tenglik va aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qildi.
Fuqarolardan 40 ga yaqin murojaat qabul qilinib, ichimlik suvi, yo‘llar, ko‘chalardagi tungi yoritish chiroqlari, bandlik, ta’lim, ayollar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga to‘sqinlik qilayotgan masalalar ko‘tarildi.
12 ta murojaat joyida hal qilindi. Xususan, 4 ta xonadondagi elektr ta’minoti tiklandi, 2 nafar fuqaro ijtimoiy yordam oldi, 6 nafar yosh yigit-qiz kasbga yo‘naltirildi.
Qolgan murojaatlar bo‘yicha tegishli idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.