Partiya guruhi yig‘ilishida 4 oylik reyting ko‘rib chiqildi

 

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashidagi O‘zXDPdan saylangan deputatlar partiya guruhining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda viloyat partiya kengashi axborot xizmati.

Unda ehtiyojmand aholi qatlami manfaatlarini himoyasi bilan bog‘liq masalalardagi amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ish uslubini yaxshilash bo‘yicha deputatlik guruhi a’zolari tomonidan bir qator takliflar bildirildi.

Shuningdek, Samarqand viloyat Kengashi deputatlarining 2025-yil 4 oylik reyting baholash ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra 60 nafar viloyat deputat ichida eng yuqori natija ko‘rsatgan O‘zXDPdan saylangan deputat Feruza Rahimova e’tirof etilgani mehnatlar samarasi ekani ta’kidlandi. Ammo bu bilan cheklanib qolmay, ishlarni yanada jadallashtirish zarurligiga e’tibor qaratildi.

Partiya guruhi ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish