partiya-munosabati
Qadrli ustozlar, aziz o‘quvchi-yoshlar yangi o‘quv yili ulkan yutuqlarga boy bo‘lsin!
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi Firdavs Sharipov Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 300-sonli maktabda bo‘lib o‘tgan Bilimlar kunida ishtirok etdi...
Yangi o‘quv yili “Kelajak soati” bilan boshlandi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya deputati Qizilgul Qosimova, xalq deputatlari Angren shahar Kengashi raisi Murod Xolmatov, shahar Kengashi deputati, Angren shahar hokimi Alisher Rayimov hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi shahar kengashi raisi Feruza Xoldorova “Kimyogar” mahallasidagi 13-son umumta’lim maktabida bo‘lib, yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi...
Yangi o‘quv yili bilan qutlaymiz!
Qadrli ustoz va murabbiylar, aziz o‘quvchi va talabalar!
Sizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni jonajon Vatanimiz mustaqilligining qutlug‘ ayyomi hamda qalblarimizga cheksiz quvonch va yangi orzu-umidlar bag‘ishlab kirib kelgan qutlug‘ va mas’uliyatli davr — Bilimlar kuni va yangi o‘quv yili boshlanishi bilan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi nomidan chin qalbdan muborakbod etaman...
Sizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni jonajon Vatanimiz mustaqilligining qutlug‘ ayyomi hamda qalblarimizga cheksiz quvonch va yangi orzu-umidlar bag‘ishlab kirib kelgan qutlug‘ va mas’uliyatli davr — Bilimlar kuni va yangi o‘quv yili boshlanishi bilan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi nomidan chin qalbdan muborakbod etaman...
Hamjihat xalqimizning muhtasham bayrami
Mustaqillik xalqimizning jipsligi va hamjihatligini yanada oshiradigan eng ulug‘, eng aziz bayramga aylanganiga kechagi tantanalarda yana bir bor guvoh bo‘ldik. Bayram dasturidagi ulug‘vor va jo‘shqin chiqishlar g‘urur va iftixorni oshirdi. “Yangi Toshkent” hududida qad rostlagan muhtasham maydonda yangragan tarixiy fikr va yangi tashabbuslar xalqimiz kuch-qudrati, bunyodkorlik salohiyatining hayotiy namoyoni bo‘ldi...
Afv — insonparvarlik va yangi imkoniyat
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida 852 nafar shaxsning afv etilishi mamlakatimizda inson qadri va insonparvarlik tamoyillari davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. Afv — qonun ustuvorligini inkor etish emas, balki qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan insonga hayotini qaytadan boshlash uchun imkoniyat berishdir...
O‘zXDP fraksiyasi: ish o‘rinlari va bandlik haqidagi raqamlar asosli bo‘lishi shart
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi...
Iqlimga moslashish kelajakka investitsiyadir
Bugungi kunda global iqlim o‘zgarishi insoniyat oldida turgan eng dolzarb muammolardan biriga aylandi. Haroratning ko‘tarilishi, suv resurslarining kamayishi, qurg‘oqchilik, cho‘llanish, havoning ifloslanishi, ekstremal ob-havo hodisalarining ko‘payishi nafaqat tabiatga, balki iqtisodiyot, aholi salomatligi, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy barqarorlikka ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda...
Asosiy maqsad – ish o‘rni, daromad manbai yaratish
Davlatimiz rahbarining Xorazm viloyatida tadbirkorlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti ham ana shu jarayonlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Mazkur muloqotda mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarning eng muhim ishtirokchisiga aylangan 1 million 200 ming nafarlik biznes hamjamiyatiga e’tibor qaratildi...
Orolbo‘yida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirishda innovatsion yechimlar muhokama qilindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zolari, partiyamiz Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi faollari Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazida bo‘lib, innovatsion markaz faoliyati hamda kambag‘allikni qisqartirishda zamonaviy texnologiyalar va ilm-fan yutuqlaridan foydalanish bo‘yicha taqdimot bilan tanishishdi...
Yangi tariximiz zarvaraqlari
Ma’lumki, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi uchun eng muhim ijtimoiy va siyosiy qadriyat inson kapitalini rivojlantirish, aholining ijtimoiy muhofazasini mustahkamlash, har bir oilaning barqaror va munosib daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlashdan iborat. Shu nuqtai nazardan, Xorazmda foydalanishga topshirilayotgan strategik loyihalar aholi turmush farovonligiga bevosita va bilvosita ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgani bilan, ayniqsa, ahamiyatli, bu ijtimoiy teng imkoniyatlar tamoyillarining real hayotdagi amaliy ifodasidir...