lojihalarimiz

Mahalliy Kengash — katta kuch
O‘zXDP Markaziy Kengashi partiya va deputatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni boshlab yubordi. Xususan, turli o‘quvlar tashkil qilib, deputatlarning faoliyati, ularga berilgan vakolatlar, burch hamda vazifalar haqida tushuntirilmoqda...

Siyosiy o‘quv: Ijtimoiy-siyosiy hayotda fuqarolarning siyosiy ishtirokini qo‘llab-quvvatlash
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi partiya xodimlarining professional rivojlanishiga ko‘maklashish, bilim va malakalarini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etdi...

O‘zA: Yangi tug‘ilgan bolalar uchun depozitlarni ochish tashabbusi ilgari surilmoqda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi barcha yangi tug‘ilgan bolalar uchun bolalar depozitini ochish bo‘yicha loyihani ishlab chiqib, fraksiya yig‘ilishida muhokama qildi...

O‘zbekiston XDP fraksiyasidan tashabbus: BARCHA YANGI TUG‘ILGAN BOLALAR UCHUN DEPOZITLARNI OCHISH
Fraksiya yig‘ilishining kun tartibiga “Barcha yangi tug‘ilgan bolalar uchun depozitlarni ochish bo‘yicha loyiha taqdimoti to‘g‘risida”gi hamda partiya fraksiyasining 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasi va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan masalalar kiritildi...

Gulistonda yangi BPT tashkil etildi
O‘zbekiston XDP Sirdaryo viloyat kengashi tomonidan joylarda partiyaning eng kichik va muhim bo‘g‘ini sonini ko‘paytirish, a’zolar safini kengaytirish borasida samarali ishlar amalga tashkil etilmoqda. Buning uchun targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, partiyaning maqsadlari, tashabbuslari odamlarga tushuntirilmoqda...

Elektoratimiz manfaati uchun
Mahalliy Kengashlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ijro etuvchi hokimiyat idoralari faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish va odamlarni o‘ylantirayotgan muammolarni hal qilish borasidagi sa’y-harakatlari samaradorligini oshirish dolzarb ahamiyatga ega. O‘zXDP Markaziy Kengashi tomonidan joylarda mahalliy Kengashlar deputatlari ishtirokida o‘quv-seminarlar tashkil etilgani shu nuqtai nazardan alohida diqqatga molikdir...

Ijtimoiy masala sessiyaga kiritildi
Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda tumanda 2025-yilda “Ayollar daftari”ni shakllantirish bo‘yicha ishchi guruhining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi...

Faol deputat har doim muammoga yechim topadi
Buxoro viloyati Qorako‘l tumani «Tinchlik», «Arabxona» va «Qoraxoji» mahalla fuqarolar yig‘inlarida sayyor qabul o‘tkazildi...

O‘zbekiston XDP saylovchilarning davlat dasturiga takliflarini o‘rganyapti
O‘zXDP Qo‘qon shahar kengashi raisi H.Ismoilov ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda partiya faollari 2025-yil – «Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili»da amalga oshiriladigan davlat dasturiga saylovchilarning takliflarni oldi...

Deputat mahallalarda saylovchilarning turish-turmushi bilan tanishmoqda
«Deputat mahallada» loyihasi doirasida Prezidentimizning 2024-yil 24-iyundagi «Mahallalarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va qiyofasini tubdan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosi holati Jizzaxdagi «Qaliya» va «Bunyodkor» mahallalari chegaralarida o‘rganib chiqildi...