Maqsadimiz – yoshlarga Imkon berish

 

Farg‘ona viloyat Kengashi Dang‘ara tumanida yoshlarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish, zamonaviy kasb-hunar egallashiga ko‘maklashish maqsadida “Imkon” aksiyasi o‘tkazildi.

Tadbir doirasida bir guruh faol va intiluvchan yoshlarga xorijiy tillar hamda zamonaviy kasblarni o‘rganishlari uchun xususiy maktablarga imtiyozli yo‘llanmalar topshirildi.

Shuningdek, aksiya doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga ham alohida e’tibor qaratildi. Ayrim nogironlik aravachasiga ehtiyoji bor yoshlarga aravachalar topshirildi. Ishonamizki, odamlar hayotini yengillashtirishga qaratilgan har bir ezgu ish – jamiyatdagi birdamlik, mehr va g‘amxo‘rlikning ifodasidir.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz
← Roʻyxatga qaytish