lojihalarimiz
Jizzaxda viloyatning eng faol deputati aniqlandi
Kecha partiyamiz Jizzax viloyat kengashida “Eng faol deputat” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda tuman va shaharlardan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan deputatlar ishtirok etib, o‘zining tashabbuskorligi, saylovchilar bilan ishlashdagi samarali faoliyati hamda jamoatchilik orasidagi faolligi bilan ajralib turgan deputatlar 3 ta shart bo‘yicha bellashdilar...
Toshkent shahri nuroniy otaxon-onaxonlar uchun qanchalik qulay?
Toshkent shahridagi o‘rganishlarning dastlabki natijalari bo‘yicha jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi. Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahrida nuroniylar uchun yaratilgan sharoitlar hamma tumanlarda ham bir xil va barqaror emas. Ayrim joylarda imkoniyatlar namunaviy darajada bo‘lsa, ba’zi hududlarda esa nuroniy otaxon-onaxonlar uchun hatto minimal sharoit ham yaratilmagan...
Deputat tashabbusi bilan ko‘chalarning 400 metr qismi asfaltlanmoqda
Partiyamiz Boysun tuman kengashi deputati F.Tursunqulovga “Avlod” mahallasida yashovchi fuqarolardan murojaat kelib tushgan edi...
Mahalliy Kengashlardagi deputatlarimiz faoliyatidan
Inklyuziv jamiyat – cheklanmagan imkoniyat!
3-dekabr — Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan barcha hududiy tashkilotlarimiz tomonidan respublikamiz bo‘ylab nogironligi bor insonlar uchun keng qamrovli xayriya tadbirlari hamda yo‘qlovlar tashkil etildi...
Taxiatoshda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi ijrosi o‘rganildi
Partiyamizning Taxiatosh tuman kengashi vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi bo‘yicha tumanda amalga oshirilgan ishlar ijrosi o‘rganildi...
Qashqadaryoda yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ijtimoiy himoyasi muhokama qilindi
O‘zbekiston XDP so‘l qanot partiya sifatida muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy holatidan qat’iy nazar, bolalar uchun teng imkoniyat yaratish zarur, deb hisoblaydi. Partiyamiz dasturida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquqlari himoya qilinishi lozimligi belgilab qo‘yilgan...
Mahalliy Kengashlardagi deputatlarimiz faoliyatidan
Saylovchilar bilan muloqot samarali kechmoqda
Denov tumanidagi “Ozod” mahallasi o‘tgan yili eng og‘ir ahvoldagi mahalla sifatida tanlab olingan. Dastlab o‘rganishlarimizni ushbu mahallada olib bordik. Aniqlandiki, mahalla infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha dastur doirasida mazkur hududlarda ishsizlik va kambag‘allik qisqartirilib, tomorqa yerlarning sug‘orish tizimi yaxshilangan. Barqaror elektr energiyasi va optik tolali internet tarmog‘i tortilgan. Ichki yo‘llar ta’mirlanib, mahallada “Obod xonadon-obod ko‘cha-obod mahalla” mezonlari asosida qiyofasi tubdan o‘zgartirilgan...
Pop tumanidagi internat-uyida yo‘qlov tadbirlari o‘tkazildi
O‘zbekiston XDP Pop tuman kengashi tomonidan “Har bir insonga mehr-muruvvat ko‘rsatish – burchimiz!” loyihasi doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar istiqomat qiladigan “Muruvvat” erkaklar internat-uyida navbatdagi yo‘qlov tadbiri o‘tkazildi...