Farg‘onada “Siyosatchi ayollar” forumi: tashabbuslar va hamkorlik

 

O‘zbekiston XDP Farg‘ona viloyat kengashi tomonidan xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlashga qaratilgan “Siyosatchi ayollar” forumi tashkil etildi.

Forum doirasida xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, kasb-hunarga yo‘naltirish, huquq va manfaatlarini himoya qilish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda kam daromadli ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, Mahmudova Xurshida Isroilovna 1-o‘rin, Rahmonqulova Nodiraxon Olimjonovna 2-o‘rin, To‘lqinboyeva Mahliyoxon Valijon qizi 3-o‘rinni egalladi. Forumda eng yaxshi loyihalarni amalga oshirishda partiya kengashi, deputatlik guruhlari va hamkor tashkilotlar imkoniyatlaridan foydalanish muhimligi ta’kidlandi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi Farg‘ona viloyati bo‘linmasi, xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi huzuridagi “Deputat ayollar” muloqot tuzilmasi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining Farg‘ona viloyati boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Hujjat xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik va ijtimoiy tashabbuslarini rivojlantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni hamkorlikda hal etishga qaratilgan.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim
← Roʻyxatga qaytish