Termiz mahallalaridagi muammolar deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

 

Termiz shahridagi “Jayhun” va “Bo‘ston” mahallalarida hududlarni obod va farovon qilish borasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirlar xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi raisi, viloyat Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputati Abduraim Choriyev tashabbusi bilan tashkil etilib, unda tegishli mas’ullar hamda mahalla yettiligi vakillari qatnashdi.

O‘rganishlar davomida mahallalardagi obodonlashtirish ishlari, sanitariya holati, aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda mavjud muammolarga e’tibor qaratildi. Xususan, “Jayhun” mahallasida aholining issiq suv ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, aholi bilan muloqotlar o‘tkazilib, fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi. Kam ta’minlangan fuqaro xonadoniga tashrif buyurilib, oilani kambag‘allikdan chiqarish, daromad manbalarini kengaytirish va mavjud muammolarni hal etish masalalari muhokama qilindi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Mahalla oqsoqoli va ko‘chaboshilar bilan muloqotlarda hududdagi dolzarb masalalar hamda aholining takliflari o‘rganildi.

Mahallalarda aholi murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan deputatlik nazorati ishlari davom ettiriladi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish