Buxoroda yoshlarning partiyaviy va ijodiy tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi

 

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Buxoro viloyat kengashida yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi, tashabbuslari va ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbir o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston XDP Buxoro viloyat kengashi raisi Zulfiya Tuyeva hamda Buxoro shahar kengashi raisi Robiya Kazimova ishtirok etdi. Tadbir davomida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi, jamiyat hayotidagi ishtiroki hamda partiya faoliyatidagi ishtirokini yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir doirasida 50 nafardan ortiq yosh partiya safiga qabul qilinib, ularga a’zolik guvohnomalari topshirildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida “Vatanga ehtirom” ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazildi. “Esse” va “Video roliklar” yo‘nalishlarini qamrab olgan tanlovda ishtirokchilar Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, tinchlik va osoyishtalik, yurtimizdagi islohot va yangilanishlar hamda kelajakka ishonch kabi mavzulardagi qarashlarini ijodiy ishlari orqali ifoda etdilar.

Tanlov yakunida g‘oliblar hamda faolligi va ijodkorligi bilan ajralib turgan ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Men OʻzXDPni tanladim Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish