Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun yaratilayotgan sharoitlar o‘rganildi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari Zuhra Shadiyeva va Irina Tokarevalar poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 87-maktab faoliyati bilan yaqindan tanishib, ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar hamda o‘quvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv-amaliyot jarayonlarini o‘rgandilar.

Xususan, deputatlar maktabdagi kasb-hunarga yo‘naltirish xonalari faoliyatini ko‘zdan kechirib, o‘quvchilarning mustaqil hayotga tayyorlanishi va kelgusida munosib kasb egallashiga xizmat qilayotgan oshpazlik hamda sartaroshlik yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan amaliy mashg‘ulot xonalari bilan tanishdilar.

O‘rganishlar davomida maktab tomonidan “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida ilgari surilgan sport zali qurilishi tashabbusi ham alohida ko‘rib chiqildi.

Deputatlar tomonidan loyiha amalga oshirilishi natijasida o‘quvchilar uchun zamonaviy sport infratuzilmasi yaratilishi, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning sport bilan muntazam shug‘ullanish imkoniyatlari kengayishini qayd etilib, yaratilayotgan sharoitlarni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish