Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashidagi deputatimiz Muhsiddin Nizomiddinov Parkent tumani Chinorli mahallasi aholisidan kelib tushgan murojaatlar asosida hududda joylashgan temir ko‘prik holatini ko‘zdan kechirdi. O‘rganishda tuman hokimligi vakillari ham ishtirok etdi. Mazkur temir ko‘prik 1990-yilda hashar usuli bilan qurilgan bo‘lib, u Chinorli va Said-ota mahallalarini bog‘lab turadi. Lekin ko‘prik bugungi kunda avariya holatiga kelib qolgani haqida fuqarolardan murojaat kelib tushgan.
Deputat va mas’ullar tomonidan ko‘prikning texnik holati, mustahkamligi hamda aholi uchun xavfsizlik darajasi atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Deputat va mas’ullar aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish maqsadida ko‘prikni qayta qurish va uning atrofini obodonlashtirish kerak, degan xulosaga kelishdi.
Mazkur ko‘prik qayta qurilib, aholi uchun qulay va xavfsiz muhit ta’minlanmaguncha deputat mazkur masalaning ijrosini nazorat qilishini ma’lum qildi.