“Imkoniyat cheklanmagan” aksiyasi doirasida ijodiy tadbir tashkil etildi
O‘zbekiston XDP Surxondaryo viloyat kengashi hamda viloyat Nogironlar jamiyati hamkorligida “Imkoniyat cheklanmagan” aksiyasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir nogironligi bo‘lgan iste’dodli shaxslarni ijodiy faoliyatga keng jalb etish, ularning qobiliyat va salohiyatini namoyon etishi uchun imkoniyat yaratish hamda jamiyatda inklyuziv muhitni mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.
Tadbir davomida nogironligi bo‘lgan ijodkorlarning tasviriy va amaliy san’at, hunarmandchilik hamda boshqa yo‘nalishlardagi ijodiy ishlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Yakunda faol ishtirokchilarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.