Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati T. Berdiyev tomonidan "Nurli kelajak" mahallasida saylovchilar bilan ochiq muloqot hamda joriy yilning II choragi yakunlari bo‘yicha hisobot uchrashuvi o‘tkazildi.
Unda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D. Normuradova, deputatlar, mutasaddi tashkilotlar vakillari, mahalla faollari va saylovchilar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida deputat tomonidan o‘tgan chorakda amalga oshirilgan ishlar, yuborilgan deputatlik so‘rovlari, hududni obodonlashtirish, kommunal infratuzilmani yaxshilash hamda saylovchilar murojaatlari yuzasidan ko‘rilgan choralar haqida axborot berildi.
Shuningdek, muloqot chog‘ida fuqarolar o‘z taklif va murojaatlarini bildirdi. Ularni hal etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.