Ijtimoiy dorixonalar faoliyati o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashidagi deputatimiz G‘anisher Nematov ijtimoiy dorixonalarda fuqarolarga bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holatini ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish davomida aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga, jumladan, imtiyozga ega fuqarolarga dori vositalarini belgilangan tartibda yetkazib berish, ularning dori-darmon bilan ta’minlanishi hamda murojaatlarini ko‘rib chiqish holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, bepul dori vositalarini olish bo‘yicha fuqarolarga yaratilgan imkoniyatlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalari tahlil qilindi.

Deputatlik o‘rganishi davomida ayrim kamchiliklar ham aniqlandi. Ularni bartaraf etish hamda aholining dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullar bilan muloqot qilindi.

← Roʻyxatga qaytish