Tibbiy yordam sifati o‘rganildi
Tibbiy yordam sifati o‘rganildi


Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashidagi deputatimiz I.Kamalov 3-oilaviy poliklinika faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Deputat muassasada aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish sifati, shifokorlar qabuli, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi, bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati, dori vositalarining zaxirasi va hisobini yuritish holati atroflicha tahlil qilindi.
O‘rganish natijalari mas’ul mutasaddilar ishtirokida muhokama qilinib, tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini yanada oshirish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida va qonuniy yechim topish hamda bepul beriladigan dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

← Roʻyxatga qaytish