Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi



Partiyamiz Termiz tuman Kengashi raisi, deputat G.Shafoatova 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi.
Muassasa 2026-yil bahorida foydalanishga topshirilgan bo‘lib, 90 o‘rinli bog‘chada bugungi kunda 90 nafar bola tarbiyalanmoqda. Ichimlik suvi, kanalizatsiya, ichki hojatxona va yuvinish xonalari holati qoniqarli ekani qayd etildi.
Biroq o‘rganish davomida bir qator jiddiy kamchiliklar aniqlandi. Xususan, Fan Coil tizimidagi konditsionerlarning ishlamayotgani sababli xonalarda yuqori harorat kuzatilmoqda. Shuningdek, transformatorning himoya to‘sig‘i bilan o‘ralmagani bolalar xavfsizligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi ta’kidlandi.
niqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas'ul tashkilotlar bilan bog‘lanib, masala deputatlik nazoratiga olindi.

← Roʻyxatga qaytish