Tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganildi

 

Xalq deputatlari G‘ijduvon tuman Kengashidagi deputatimiz F.Ashurov “G‘alaba” mahallasidagi 12-son oilaviy poliklinikada bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini o‘rgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur poliklinika “Nodirabegim”, “G‘alaba” va “Havzak” mahallalarida yashovchi 15 023 nafar fuqaroga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Shundan 295 nafari nogironligi bo‘lgan fuqarolardir.

Bugungi kunda poliklinikada aholiga 25 turdagi dori-darmon hamda 8 turdagi tibbiy buyumlar bepul berilishi yo‘lga qo‘yilgan.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish