Ohangaron shahridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xavfsizlik masalalari o‘rganildi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyamiz deputati Qizilgul Qosimova hamda O‘zbekiston XDP Ohangaron shahar kengashi raisi G. Kasimova tomonidan shahardagi 3-, 6- va 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, yong‘in, elektr, sanitariya hamda umumiy xavfsizlik talablariga rioya etilish holati o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida muassasalarda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Jumladan, 6-sonli DMTTda kanalizatsiya tizimi, 3-sonli DMTTda ta’mirtalab holatlar hamda xavfsizlik tizimiga oid kamchiliklar aniqlanib, 7-sonli DMTTdagi xavfsizlik masalalari ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rish masalasi muhokama qilindi. Qonunchilik palatasi deputati Qizilgul Qosimova tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar berilib, mavjud masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga murojaatlar yuborildi hamda ularning ijrosi nazoratga olindi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish