Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyamiz a’zosi Irina Tokareva Shayxontohur tumanidagi 44-sonli oilaviy poliklinikada bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Deputatimiz o‘rganish davomida poliklinikaning moddiy-texnik bazasi, tibbiy uskunalarning zamonaviy talablarga qanchalik javob berishi, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, tibbiyot xodimlari va shifoxonadagi bemorlar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning muammolari, ehtiyojlari va takliflari diqqat bilan tinglandi.
Irina Tokareva poliklinika faoliyatini yanada rivojlantirish, zamonaviy tibbiy xizmatlar turini kengaytirish va aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish masalalarida muassasa mas’ullari bilan fikr almashib, aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish borasida takliflarini bildirdi.