Aholi murojaatlari va ijtimoiy ko‘makning manzilliligi o‘rganildi

 

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston XDP deputati M. Qoraboyeva tomonidan mahallalarda aholi murojaatlarini o‘rganish hamda ijtimoiy ko‘makning manzilliligini ta’minlash yuzasidan o‘rganishlar olib borildi.

“Turvat” mahallasida o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni asfaltlashtirish masalasi ko‘tarildi. Mazkur murojaat “Ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etilib, muammoni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, “Yangi yo‘l” mahallasida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larining maqsadli sarflanishi o‘rganildi. Jumladan, uy-joyi ta’mirtalab hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ajratilgan mablag‘larning amaldagi ijrosi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish