Sharof Rashidov tumanida navbatdagi tibbiy ko‘rik tashkil etildi

 

O‘zbekiston XDP Jizzax viloyat kengashi tomonidan “Sog‘lom jamiyat – kuchli davlat” shiori ostida Sharof Rashidov tumanida navbatdagi bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Tadbir “Sog‘lom avlod uchun” xayriya fondining Jizzax viloyat filiali hamkorligida tumandagi 25-oilaviy poliklinika filialida o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rikda Yoshlik, Kattaqishloq va Xayrobod mahallalari aholisi, jumladan, kambag‘allik reyestrida turgan nogironligi bo‘lgan fuqarolar va nogiron farzandi bor oilalar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, “D” nazoratidagi bemorlar, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar, keksalar hamda o‘smir qizlar ishtirok etdi. Jami 89 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Ko‘rik yakunlariga ko‘ra, shifokorlar tavsiyasi asosida 75 turdagi dori-darmonlari hamda homilador ayollar uchun kompleks prenatal vitaminlar bepul tarqatildi. Shuningdek, yotib qolgan bemorlar va nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan patronaj hamshiralar bilan birgalikda manzilli xabar olindi.

Mazkur tadbir aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish