Vobkentda maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘rganilmoqda

 

Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashidagi partiyamiz deputatlik guruhi rahbari Mansurxon Xayrulloyev “Guliston” mahallasida joylashgan 20 va 21-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganish olib bordi.

O‘rganish jarayonida muassasa bino va inshootlarining texnik holati, yong‘in va xavfsizlik talablariga muvofiqligi, bolalarning sifatli ta’lim olishi hamda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishi, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar batafsil ko‘zdan kechirildi.

Xususan, guruh xonalari, oshxona, tibbiyot xonasi, sanitariya-gigiyena holati hamda bolalarning ovqatlanish sifati o‘rganilib, muassasada yaratilgan qulayliklarga alohida e’tibor qaratildi.

Ishchi guruh o‘rganishlar davomida aniqlagan ayrim kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalasi ham muassasa mas’ullari bilan muhokama qilindi. Jumladan, 21-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini kengaytirish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish