Deputat tashabbusi bilan yo‘l asfaltlandi

 

Xalq deputatlari Kogon tuman Kengashi deputati Gulmira Karimova “Tutkunda” mahallasi hududidagi avtomobil yo‘llarini asfaltlashtirish masalasida deputat so‘rovi yuborgan edi.

Deputat tomonidan ko‘tarilgan ushbu muammo hudud aholisi uchun dolzarb masalalardan biri bo‘lib, yo‘llarning nosoz holati fuqarolarga qator noqulayliklar tug‘dirib kelayotgan edi.

Mas’ul tashkilotlar tomonidan deputat so‘roviga o‘z vaqtida javob qaytarilib, mahallaning ichki yo‘llarini asfaltlashtirish ishlari maxsus dasturga kiritilgani ma’lum qilingan edi.

Natijada hududidagi ichki yo‘llar to‘liq asfaltlashtirildi. Hudud aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlari yaratildi.

Shundan ko‘rinadiki, deputatlar hududlardagi muammolarga befarq emas va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish yo‘lida tizimli ish olib bormoqda. Deputat so‘rovlari orqali joylardagi dolzarb masalalarning ijobiy hal etilayotgani esa xalq ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish