Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganishlar davom etmoqda

 

Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashidagi partiyamiz deputatlik guruhi rahbari Mansurxon Xayrulloyev boshchiligidagi ishchi guruh “Shakarkent” mahallasidagi 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida muassasada bolalar hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, xavfsizlikni ta’minlash hamda ta’lim-tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etish holatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan:

– bolalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy ishlar holati;

– xavfsizlikka oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar va ichki tartib-qoidalarning amalda qo‘llanilishi;

– bino va inshootlarning texnik holati hamda xavfsizlik talablariga mosligi;

– bolalarning ta’lim olishi va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish uchun yaratilgan sharoitlar;

– oziq-ovqat xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha hujjatlar yuritilishi;

– ovqatlantirish jarayonining sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi;

– oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvining sifati hamda xavfsizligi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan ayrim kamchiliklar, ularning kelib chiqish sabablari muhokama qilinib, xavfsizlikni yanada kuchaytirish hamda mavjud sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha tegishli takliflar berildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish