Xospis tizimi uchun huquqiy asos yaratilmoqda
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Saylovoldi dasturida keksalar va onkologik kasallar uchun sifatli xizmat ko‘rsatishning yuqori standartlarini ta’minlashga qaratilgan xospis tizimini rivojlantirish va “Xospis xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish maqsad qilingan.
Partiya Markaziy Kengashida “Xospis xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari ham ishtirok etdi.