Muammo bartaraf etilib, aholi xavfsizligi ta’minlandi
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati S. Sobirjonov tomonidan Yunusobod tumani “Hasanboy” mahallasi, Baraka ko‘chasidagi 56-uy oldida joylashgan beton elektr tirgaklarining avariyaviy holatga kelib qolgani yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilib, unda aholi xavfsizligini ta’minlash, elektr ta’minoti barqarorligini saqlash, hududdagi xavfli holatni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan edi.
Mazkur murojaat asosida mutasaddilar tomonidan holat joyida o‘rganilib, zarur choralar ko‘rildi. Natijada Baraka ko‘chasida fuqarolar e’tiroziga sabab bo‘layotgan muammo to‘liq bartaraf etildi.