Deputat so‘rovi natijasida suv inshootining texnik holati yaxshilandi
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati M. Nizomiddinov tomonidan aholi murojaati asosida Parkent tumani Nomdanak qishlog‘i “Obod” va “Chinorli” mahallalari aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlab kelayotgan suv inshootining texnik holatini yaxshilash yuzasidan yuborilgan deputat so‘rovi amaliy natija berdi.
“Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ Parkent tumani filiali mutaxassislari tomonidan suv inshootidagi mavjud suv yig‘ish rezervuari (metall sig‘im) joriy ta’mirdan chiqarildi. Nasos binosi to‘liq ta’mirlandi, betonlash ishlari bajarilib, mavjud kamchiliklar bartaraf etildi.
Natijada hududdagi suv inshootining texnik holati sezilarli darajada yaxshilanib, aholi barqaror va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlandi.