Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi Qizilgul Qosimova Ohangaron shahridagi 1-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish davomida muassasa xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, xizmat ko‘rsatish sifati, autsorsing tizimidagi mavjud sharoitlar, shuningdek, tizimdagi muammolar muhokama qilindi.
O‘rganishlar davomida ushbu ta’lim tashkilotidagi bolalar xavfsizligi, oziq-ovqat xavfsizligi masalasida, xususan, sifatli tayyorlash va saqlashga doir kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga aniq vazifalar qo‘yildi.
Shuningdek, deputat ushbu o‘rganishlar O‘zbekiston XDP fraksiyasining ish rejasiga ko‘ra, respublikaning barcha hududlarida maktabgacha ta’lim muassasalarining joriy holatini o‘rganish tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlab o‘tildi.
O‘rganishlar davom etmoqda.