Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Senator va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi Malika Qodirxonova ham ishtirok etib, yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida atroflicha fikr bildirdi. Tadbir O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi faollari, Yoshlar parlamenti a’zolari va universitet talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida senator “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatiga to‘xtalib, bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar – bu nafaqat imtiyoz, balki katta mas’uliyat ekanini qayd etdi. Shuningdek, tadbir yakunida senator va yoshlar o‘zaro fikr-mulohazalar almashdilar.
Mazkur uchrashuv yoshlar va siyosiy institutlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati va faol hayotiy pozitsiya ruhida tarbiyalash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.