Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashi deputati F. Bahodirov “Chorsu” mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy muhit va aholining ehtiyojmand qatlami muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda turli soha tashkilotlari bilan hamkorlik jarayonlari atroflicha tahlil qilindi.
Jarayonda fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan masalalar tinglandi. Ayniqsa, yoshlar bandligi, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarga ko‘mak berish borasidagi ishlar muhokama markazida bo‘ldi.
Shuningdek, ijtimoiy xodim faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mahalla tizimida olib borilayotgan ishlarni kuchaytirish orqali aholi farovonligini oshirish ustuvor vazifa ekanligi ta’kidlandi.