Ichimlik suvi ta’minoti borasida amalga oshirilayotgan ishlar deputat nazoratida

 

O‘rganishlarda Baxmal tumani O‘smat shaharchasida yashovchi aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida muammolar borligi aniqlangan edi. Mas’ul idoralar mavjud holatga e’tibor qaratib, aholiga toza ichimlik suvi yetkazib berish maqsadida yangi suv quvurlarini yotqizmoqda.

Partiyamiz Baxmal tuman kengashi raisi D.Misirov hamda deputat B.Amanovlar olib borilayotgan ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilayotganini ko‘zdan kechirishdi.

O‘rganishlarda suv quvurlari sifatli va o‘z vaqtida belgilangan reja asosida olib borilayotganiga amin bo‘lindi. Deputatlar aholi vakillariga hudud infratuzilmasini yaxshilash va qulay muhit yaratish borasida murojaat va takliflar bo‘lsa doimo ochiqligini ma’lum qilishdi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish