Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi

 

Olmazor tumanidagi 2-Chig‘atoy Oqtepa saylov okrugiga qarashli “Chig‘atoy Oqtepa” mahallasida xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Abduvali Ismailov tashabbusi bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul jarayonida mahalla aholisi bilan ochiq muloqot tashkil etilib, fuqarolarning tibbiy xizmat, kommunal soha, bandlik, infratuzilma va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat deputatlar tomonidan alohida ko‘rib chiqilib, ayrim muammolar joyida hal etildi, qolgan masalalar esa tegishli tashkilotlar bilan birgalikda o‘rganish uchun nazoratga olindi.

Uchrashuv davomida mahalla hududidagi infratuzilma, obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy muhit hamda aholi uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, “Farobiy” ko‘chasi hududidagi mavjud muammolar o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar ko‘rilishi belgilandi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish