Saylovchilar bilan muloqotlar samarali kechmoqda

 

Saylov okrugidagi saylovchilar bilan uchrashuvlar va o‘rganishlar qonun ijodkorligi faoliyati hamda parlament nazorat tadbirlarini amalga oshirish uchun asos bo‘ladi. Bu galgi uchrashuvlar, o‘rganishlar, targ‘ibot tadbirlari ham samarali kechdi.

Dastlab, Denov tumanidagi kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan og‘ir toifadagi “Yangi Xazarbog‘”, “Jamatak” mahallalarida bo‘lib amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturining yo‘nalishlar kesimida ijro etilish holati o‘rganildi, aholi xonadonlarida bo‘lindi.

Shuningdek, joriy yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmani rivojlantirish dasturining ijrosi bo‘yicha tumandagi 68 va 27-sonli maktablarning rekonstruksiya qilish ishlari bilan bevosita tanishildi. Pudratchi, loyihachi, buyurtma beruvchilar bilan suhbat o‘tkazilib, qurilishni o‘z muddatida va sifatli tarzda amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

“Denov-agro star” MCHJ faoliyati bilan tanishish asnosida, korxona tomonidan yeryong‘oq va limonchilik yo‘nalishi bo‘yicha aholiga ilmiy yondoshuv asosida urug‘lik va limon ko‘chatlari yetkazib berish, zamonaviy issiqxona va sovutgich tashkil etish, shuningdek, yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlash loyihasi amalga oshirilayotgan bo‘lib, 55 ta ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Muhimi ushbu korxonada tomorqa xo‘jaligini yurituvchi aholi uchun zamonaviy o‘quv xonalari tashkil etilib, tajribali mutaxassislar tomonidan o‘quvlar o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, tumandagi 6-son texnikumi faoliyati bilan tanishilganida bilim yurtining o‘quv ishlab chiqarish ustaxonasi ta’mirtalab ekanligi ma’lum bo‘ldi.

«Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi» maqomi berilgan Denov tumanidagi Buyuk ipak yo‘li mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi hamda “mahalla yetiligi” bilan atroflicha suhbat olib borilib bir qator takliflar olindi.

Tashabbusli budjet jarayonlari doirasida saylov okrugida g‘olib bo‘lmagan loyihalar orasidan aholining kundalik hayotiga va hududni rivojlantirishga bevosita ta’sir qiladigan loyihalar saylovchilarning manfaatlarini inobatga olgan holda o‘rganildi.

Tumandagi “Qiziljar” mahallasida aholi murojaatlari tinglandi, xususan mahalla faollari, nuroniylar tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiya ta’minoti va oqava suv muammosi, piyodalar yo‘lakchasini qurish, asosiy yo‘lda svetofor o‘rnatish orqali chorrahani tartibga solish kabi masaalalr yuzasidan murojaatlar qilindi, ayrimlari joyida hal etildi.

Shu bilan birga, 44-maktab, 49-maktabgacha ta’lim tashkiloti, 270-sonli oilaviy maktabgcha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, mahalla yettiligi va aholi bilan uchrashuvlarda korrupsiyaga qarshi kurashish va bu borada qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati, quyi palata muhokamasida bo‘lgan qonun loyihalari mazmun-mohiyati targ‘ibot qilindi.

O‘rganilgan masalalarning ijro etilishi ustidan ta’sirchan deputatlik nazorati o‘rnatildi, Respublika darajasida hal etiladigan muammolar va takliflarni o‘rganib chiqish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

 

Firdavs Sharipov,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O‘zXDP fraksiyasi a’zosi

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish