Olmazor tumanida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Irina Tokareva ishtirokidagi ishchi guruh tomonidan Olmazor tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 16-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur yo‘nalish deputatlar uchun belgilangan 24 ta nazorat yo‘nalishidan biri hisoblanadi.

O‘rganish davomida DMED tizimi orqali bemorlar ma’lumotlarini elektron yuritish, eski tibbiy anketalarni raqamlashtirish hamda tibbiy xizmatlar monitoringi holati tahlil qilindi. Shuningdek, 103 tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qilgan fuqarolar bilan qayta aloqa o‘rnatish va “Ochiq budjet” platformasi orqali xarid qilingan jihozlardan foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tahlillar birlamchi tibbiy yordam tizimida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qilayotganini ko‘rsatdi. Poliklinikaning moddiy-texnik bazasi, tibbiy xizmatlar ko‘rsatish darajasi ham batafsil o‘rganildi.

Shuningdek, onkologik kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika qilishda tizimli yondashuv muhim ekani ta’kidlandi. O‘rganish davomida muassasa bosh shifokori K.Shakirova hamda tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, dolzarb muammolar va takliflar muhokama qilindi.

Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati va uning ommabopligini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratiga olindi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish